Menyu, buyurtma, oshxona, kassa, xodim va hisobot — hammasi bitta tizimda. Mehmon QR kodni ochib o'zi buyurtma beradi, siz butun restoranni telefondan boshqarasiz. Apparat shart emas.
Menyu — mijoz uchun. Nazorat — siz uchun.
Menyudan kassagacha — bitta oddiy tizim. Xohlaganingizni yoqasiz, kerak bo'lmaganini o'chirasiz.
Mijoz QR kodni ochadi, rasmli menyuni ko'radi va o'zi buyurtma beradi. Ofitsiantni kutmaydi.
Har xodim uchun alohida panel. Kim nima qilishini aniq ko'radi — telefondan boshqaradi.
Oshpaz «Tayyor» bosganda chek avtomatik chiqadi. Oddiy Bluetooth printer yetadi.
Menyu, narx, xodim — hammasini Telegram botdan boshqarasiz. Kompyuter shart emas.
Kassir qaysi stol nima yegani va summani ko'radi. Kunlik savdo hisoboti tayyor.
Buyurtma tushishi bilan oshpaz, ofitsiant va kassir bir vaqtda ko'radi. Chalkashlik yo'q — kim nima qilishini aniq biladi.
Ro'yxatdan o'tish shart emas, parol ham kerak emas. Bosing — ochiladi. Bu haqiqiy tizim, faqat namuna ma'lumot bilan.
Katta tizimlar qimmat va murakkab. Oddiy QR menyularda kassa yo'q. Dastur-xon — ikkalasi ham, arzon narxda.
Dastur o'rnatish, kabel tortish yoki texnik shart emas. Bugun boshlaysiz.
Telegram botga kirasiz, restoran nomini yozasiz. Menyuni rasm bilan qo'shasiz.
Har stol uchun QR kod tayyor. Chop etib stolga qo'yasiz yoki kirishga osasiz.
Mijoz skanerlaydi, buyurtma beradi. Oshxona va kassa darrov ko'radi. Tamom!
Boshqa savol bo'lsa — Telegram yoki telefon orqali yozing.
Tizim to'xtab qolmaydi — har oy yangi imkoniyat qo'shamiz. Bugun ulansangiz, bularning hammasi qo'shimcha to'lovsiz ochiladi.
Yashirin to'lov yo'q. Xohlagancha stol, xohlagancha buyurtma.
Narxlar so'mda, oyiga. To'lov PayX orqali xavfsiz amalga oshiriladi.
Restoraningizni biz o'zimiz ochib, sozlab beramiz va sizga login va parol beramiz. Keyin xodimlarni o'zingiz qo'shasiz.
Avval demoni ko'ring — keyin ariza qoldiring. 3 kun bepul sinab ko'rasiz.